O‘zbekistonda o‘n oy ichida 370 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilindi.

2024-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 8,9% ga oshgan. Ko‘pchilik modellarning ishlab chiqarilishi qisqarganiga qaramay, eng katta ulush hali ham UzAuto Motors modellariga to‘g‘ri kelmoqda.

Birinchi o‘rinda Cobalt qolmoqda — yil boshidan beri 131,7 ming avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,1% kamdir. Oktabr oyida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan oyga nisbatan 7,3% ga qisqarib, 15,7 ming avtomobilni tashkil etdi.

Ikkinchi o‘rinni ishlab chiqarish hajmi 5,8% ga kamayib, 80,5 ming donaga tushgan Damas egalladi. O‘tgan oyda konveyerdan 7,96 ming avtomobil chiqarildi, bu sentyabr oyiga nisbatan 20% kamdir.

Tracker uchlikni yakunlab, UzAuto Motors’ning ishlab chiqarish hajmi oshgan yagona modeliga aylandi. Oy davomida 5,85 mingta (+37,8%) va yil boshidan buyon 40 mingta (+13,5%) krossover ishlab chiqarilgan.

Oktabr oyida Onix ishlab chiqarish hajmi sentabr oyiga nisbatan chorakdan ko‘proqqa oshib, 3 ming donaga yetdi. Shu bilan birga, o‘n oy davomida jami 25,59 mingta avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 12% kamdir.

Boshqa modellar orasida Kia yetakchilikni saqlab qolmoqda. Yil boshidan buyon O‘zbekistonda Koreya markasining barcha modellarida 21,97 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 29% ga ko‘p.

BYD avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 15 ming donani tashkil etdi, bu past baza samarasi tufayli o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 9 baravar ko‘p. Shuningdek, mamlakatda 7,77 ming dona Chery (+30%) va 7,65 ming dona Haval (3,3 marta ko‘p) avtomobillari ishlab chiqarildi.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oktabrda O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi 11% ga oshgani haqida xabar bergandi.