Bank kreditlash shartlarini sezilarli darajada takomillashtirdi: foiz stavkasi pasaytirildi va kreditlash muddati 7 yilgacha uzaytirildi. Bu esa tadbirkor ayollar uchun oylik to‘lovlarni ancha qulaylashtirdi va arzonlashtirdi.
Tadbirkor ayol hamrohi dasturining asosiy afzalliklari:
- qat’iy belgilangan foiz stavkasi — 21,99%;
- kredit muddati 7 yilgacha;
- maksimal summa — 1,65 mlrd so‘m;
- kredit ayol kishi direktor yoki mulkdorlardan biri bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalariga taqdim etiladi.
Voqeaga izoh berar ekan, InfinBANK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Alesya Frolova shunday dedi:
“Dasturning ishga tushirilishi InfinBANK’ning ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va eng dadil biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay moliyaviy vositalarni yaratishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi”.
Yanada batafsil ma’lumot saytda va (+998) 71−202−50−80 telefon raqami orqali.
Reklama huquqlari asosida.
