YouTube asosiy tasmadagi tartibsizlikni tuzatadigan funksiya ustida ishlamoqda, deya xabar berdi Rozetked nashri.
Google YouTube bosh sahifasida tavsiyalarni qo‘lda sozlash imkonini beruvchi “Maxsus tasmangiz” funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.
Funksiya algoritmlar foydalanuvchilarga ularning qiziqishlariga mutlaqo mos kelmaydigan videolarni tavsiya qilganida, tavsiyalardagi tartibsizlikni bartaraf etishga qaratilgan.
Bu muammo, ayniqsa, o‘xshash mavzudagi bir nechta videolarni tomosha qilganda yaqqol namoyon bo‘ladi, shundan so‘ng YouTube tomoshabinni bir xil videolar bilan “ko‘mib tashlay” boshlaydi.
Testda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganlar bosh sahifada Your Custom Feed tugmasini ko‘radilar. U foydalanuvchiga qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular bilan tavsiyalarni qo‘lda kiritish imkonini beradi. Bu oshpazlik, sayohat, moda yoki video tez-tez uchraydigan boshqa mavzu bo‘lishi mumkin.
Bunday variant “qiziqtirmaydi” va “bu kanaldagi videoni tavsiya qilmaslik” tugmalarini doimiy ravishda bosishdan ko‘ra tasmani sozlashning yanada samarali usuli bo‘lishi mumkin.
Avvalroq YouTube mobil ilovada video va xabar almashish funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Bu funksiya YouTube ilovasida videolarni, qisqa roliklarni (Shorts) va jonli efirlarni yuborish hamda ular haqida matnli xabarlar orqali muhokama qilish imkonini beradi.
