Dastur moslashuvchan 10 oydan 60 oygacha bo‘lgan kredit muddatini, shuningdek, boshlang‘ich to‘lovning maqbul miqdorini tanlash imkoniyatini taqdim etadi. Boshlang‘ich to‘lov qancha yuqori bo‘lsa, shartlar shuncha unumli bo‘ladi: bu minimal stavkalar va orzudagi avtomobilga tezda erishish imkoniyati degani. Foiz stavkasi 0% dan 18,5% gacha, u boshlang‘ich to‘lov miqdori va kredit muddatiga bog‘liq bo‘ladi.

“Bizningcha, avtomobil sotib olish quvonch keltirishi kerak. Yangi dasturimiz har bir mijozga o‘ziga mos shartlarni tanlash va avtomobil uchun qo‘shimcha to‘lovlarsiz qulay tarzda to‘lash imkonini beradi”, — deb ta’kidladi InfinBANK chakana biznes departamenti direktori Inomjon Usmonov.

InfinBANK bilan yangi avtomobil orzusi bugunoq ro‘yobga chiqadi.

Batafsil ma’lumotni saytdan va 1214 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.