Bugun kongress-markazda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sun’iy intellekt forumida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha kuchli ekotizim yaratish borasidagi rejalari bilan bo‘lishdi.
Xususiy sektor vakillari ham soha rivojiga qo‘shayotgan hissalari haqida to‘xtalib o‘tdi. TBC Bank Group’ning xalqaro biznes bo‘yicha rahbari Oliver Xyuz bankning ichki sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratishdagi tizimli yondashuv — quvvatlarni oshirishdan tortib, SpeechTech va katta til modellari (LLM) asosida o‘z yechimlarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayon haqida so‘zlab berdi. Bank o‘z hisoblash quvvatlarini Raqamli texnologiyalar vazirligidan ijaraga olingan GPU’lar bilan birlashtirib, CI texnologiyalarini rivojlantirmoqda. 2025-yil noyabr oyida TBC Uzbekistan texnologik bazasini yangi GPU’lar bilan kengaytirdi.
“Biz Markaziy Osiyodagi fintex sohasida eng ilg‘or SI-texnologiyalaridan birini yaratmoqdamiz — va bu allaqachon o‘z natijalarini bermoqda. Bizning sun’iy intellekt xizmatlarimiz oyiga 100 mingdan ortiq mijoz so‘rovlarini qayta ishlaydi, avtomatlashtirilgan eslatmalar 90% dan oshadi. Yangi resurslar bizga mijozlar uchun ovozli yordamchini ishga tushirish va allaqachon samarali ishlayotgan xizmatlarni kengaytirish imkonini beradi. Texnologik bazani kengaytirish bilan biz o‘zbek va rus tillaridagi sun’iy intellekt modellari o‘qitilishini tezlashtira olamiz va platformaning barqarorligini oshiramiz”, — dedi Oliver Xyuz.
Sentabr oyida TBC Uzbekistan sun’iy intellekt sohasiga doir TBC Taks. AI Edition konferensiyasini o‘tkazgandi. Unda TBC’da o‘zbek va rus tillarida sun’iy intellekt agentlarini yaratishning to‘liq jarayoni qanday shakllantirilayotgani haqida so‘z borgan. Ushbu texnologiyalar allaqachon sotuvni rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va to‘lovlar bo‘yicha eslatmalar yuborish kabi bank xizmatlarida qo‘llanmoqda.
Reklama huquqlari asosida.
