Samsung korporatsiyasi tejamkorlik uchun kelajakdagi smartfonlarga yanada ilg‘or kameralarni joriy qilmaydi. Bu haqda Ice Universe niki ostidagi taniqli insayder o‘zining X’dagi akkauntida ma’lum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, kompaniya 2027-yilda yangi Galaxy S27 Ultra flagmanini taqdim etishi kerak ekan. Yangi va qimmat qurilmadan oldingi modellariga nisbatan ancha takomillashgan kamera kutilmoqda.
Biroq, ichki manba ma’lum qilishicha, IT-gigant yangi modelga hozirgi Galaxy S25 Ultra’da qo‘llanilayotgan Samsung ISOCELL 200 megapiksellik sensorining aynan o‘zini o‘rnatmoqchi ekan.
Buning sababi kompaniyaning ta’minot zanjiri buzilgani tufayli tejamkorlikka intilishidir. Ice Universe taxmin qilishicha, korporatsiyaning ahvoli yanada yomonlashishi mumkin — masalan, firma 2028 va 2029-yillarda chiqishi kutilayotgan Galaxy S28 Ultra va S29 Ultra kabi yuqori darajadagi smartfonlar uchun eski sensorni zaxiraga olib qo‘yishi ehtimoli bor.
Muallifning ta’kidlashicha, Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan rekord darajadagi 1/1,12 dyuym o‘lchamli LYTIA LYT-901 kamera sensori fonida bu ichki ma’lumot paydo bo‘lgan.
Mutaxassisning fikricha, Samsung o‘zining premium qurilmalarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanishi shart, ammo tejamkorlik sababli bunday qilmaydi.
Avvalroq Samsung uch ekranga ega smartfonni dekabr boshida taqdim etishi haqida xabar berilgandi.
Kompaniya qurilmani dastlab Xitoy, Singapur va BAA bozorlariga chiqarmoqchi. Narx taxminan $2000 dan $2700 gacha atrofida bo‘lishi mumkin.
