InfinBANK’ning yangi tarifining asosiy afzalligi shundaki, oylik to‘lovlar 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan summada butunlay bepul va doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bu kompaniyalarga hech qanday qo‘shimcha xarajatlarsiz to‘lovlarni amalga oshirish va hisob-kitoblarni boshqarish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, korporativ kartani to‘ldirishda olinadigan atigi 0,3% komissiya kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada samaraliroq qiladi va kompaniyalarning ichki moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazishning qulay shartlari qo‘shimcha afzallik hisoblanib, biznesga minimal komissiyalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va kapital aylanishini tezlashtirish imkonini beradi.

Faoliyatida hamon naqd pul talab qilinadigan tashkilotlar uchun tarif naqd pul yechib olishga pasaytirilgan 0,5% komissiyani taklif etadi, bu esa ortiqcha xarajatlarsiz hisob-kitoblarning moslashuvchanligini ta’minlaydi.

InfinBANK’ning “Mahalliy” tarifi korporativ mablag‘larni samarali boshqarish uchun zamonaviy vositalar majmuasini taqdim etmoqda. Ushbu tarif xarajatlarni kamaytirish, to‘lovlarni oldindan aniqroq baholash va barqaror o‘sish uchun qulay sharoit yaratishga mo‘ljallangan bo‘lib, biznesga ishonchli moliyaviy manba va sezilarli oylik tejamkorlikni ta’minlaydi.

Tarif haqidagi batafsil ma’lumotni saytdan yoki (+998) 71−202−50−80 raqamli aloqa markazi orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.