Bugungi kunda Toshkentda to‘rtta shunday kutubxona ochilgan bo‘lib, ularning har biri bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazadigan, kitob o‘qishga qiziquvchanligini oshiradigan va bilimlar olamini kashf etadigan maskanga aylanmoqda. Loyihaning navbatdagi qadami — kitob fondlarini barcha yoshdagi kitobxonlarni ilhomlantiradigan sifatli bolalar adabiyoti bilan to‘ldirish.

Bu nima uchun muhim?

Raqamli texnologiyalar har bir kunni to‘ldirayotgan dunyoda aynan haqiqiy qog‘oz kitoblar bolalarga tasavvur, e’tibor va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi — bularni ekran orqali olishning iloji yo‘q. Kitob nafaqat ma’lumot manbai, balki g‘oyalar, his-tuyg‘ular va kashfiyotlar olamiga jonli yo‘lboshchi hamdir.

InfinBANK barcha istaganlarni loyihaning bir qismiga aylanishga va bolalarga bilim ulashishga taklif etadi. Mijozlar olib kelgan har bir kitob kelajak avlodning rivojlanishiga qo‘shilgan hissa bo‘ladi.

Quyidagilarni olib kelish mumkin:

  • yaxshi holatdagi bolalar kitoblari (0−16 yoshlilar uchun);
  • moliyaviy savodxonlik, rivojlanish, mantiq va psixologiya bo‘yicha adabiyotlar;
  • ertaklar, ensiklopediyalar, rivojlantiruvchi va o‘quv qo‘llanmalari.

Qabul qilish muddati: 2025-yil 19-dekabrgacha.

Kitoblarni qayerda qoldirsa bo‘ladi: InfinBANK bosh ofisida yoki bankning Toshkentdagi istalgan filialida.

Kitoblar bolalarning har kuni o‘qishi, bilim olishi, orzu qilishi va aqlliroq bo‘lib o‘sishi uchun qulay, yorqin va foydali muhit yaratishga ko‘maklashadi.

“Keling, kitoblar orqali kelajakka birgalikda sarmoya kiritamiz”.

Reklama huquqlari asosida.