O‘zbekistonning yetakchi raqamli banklaridan biri bo‘lgan TBC Bank tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Oasis Credit mikromoliya tashkiloti bilan strategik hamkorlik boshlanganini e’lon qiladi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri bo‘lgan kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur hamkorlik TBC Bankning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, moliya sektorining tadbirkorlikdagi rolini kuchaytirish hamda mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish — iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan asosiy omillardan biridir. Biz uchun kichik biznes o‘z vaqtida, tushunarli va qulay moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim. Oasis Credit bilan hamkorlik qamrovimizni kengaytirishga, faoliyatimizni yanada keng miqyosda olib borishga hamda mamlakatning barcha hududlaridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”, — dedi TBC Bank bosh direktori Spartak Tetrashvili.
“TBC Bank tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar kompaniya uchun mahalliy bozorda milliy valyutadagi ilk moliyalashtirish hisoblanadi. Bundan oldin biz asosan xorijiy moliyaviy manbalardan foydalanib kelingan. Mahalliy banklar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik O‘zbekiston moliya institutlari bilan yanada yaqin va samarali aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Jalb etilgan resurslar kredit portfelining 95%dan ortig‘ini tashkil etuvchi kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi”, — dedi Oasis Credit bosh direktori Mahmudali Guseynov.
Oasis Credit Uzbekistan kabi mikromoliya tashkilotlari bilan hamkorlik TBC Bankning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli faoliyatini to‘ldiradi. Avvalroq, 2025-yilda bank ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Triple Jump’dan, shuningdek kichik va o‘rta biznes uchun mahsulotlar qatorini kengaytirish yo‘nalishida BlueOrchard’dan mablag‘ jalb qilgan.
2024-yil dekabr oyida TBC Bank tadbirkorlar uchun bank va unga bog‘liq barcha moliyaviy operatsiyalarni to‘liq onlayn boshqarish imkonini beruvchi TBC Business platformasini ishga tushirdi. Platforma qulay va tezkor tranzaksion xizmatlarni taklif etadi. Ishga tushganidan buyon mahsulot jadal rivojlanib bormoqda: bugungi kunga kelib 6 000 dan ortiq hisob raqamlari ochilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlar orasida bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda, bu esa 2025-yilning uchinchi choragida biznes kreditlari portfelining o‘sishi bilan tasdiqlanmoqda. TBC Business doirasida moliyalashtirish yo‘nalishini rivojlantirish orqali bank kichik va o‘rta biznes segmentida yetarlicha qamrab olinmagan bo‘shliqni bosqichma-bosqich to‘ldirmoqda hamda TBC ekotizimidagi mijozlar ishtirokini kuchaytirmoqda.
TBC Bank haqida
TBC Bank — O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng turdagi raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank xizmat ko‘rsatishning raqamli kanallarini faol rivojlantirib, operatsiyalarning shaffofligiga, xalqaro xavfsizlik standartlariga va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Bank mijozlarining moliyaviy hayotini yanada qulay va oson qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Oasis Credit Uzbekistan haqida
Oasis Credit Uzbekistan — kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan, O‘zbekistondagi tajribali mikromoliya tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Tashkilot shaffoflik va korporativ boshqaruv bo‘yicha xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadi. Uning ta’sischilari qatoriga xalqaro moliyaviy institutlar — Finlyandiya rivojlanish banki Finnfund, Germaniyaning I.D. Inspiring Development GmbH hamda Buyuk Britaniyaning Sturgeon Capital tashkilotlari kiradi.
Reklama huquqlari asosida.
