Markaziy bank Konstitutsiya bayrami va dam olish kunlari bo‘limlari ishlaydigan tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qildi.
2025-yilda o‘zbekistonliklar Konstitutsiya kunida ketma-ket uch kun dam oladi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, 8-dekabr dam olish kuni hisoblanadi.
Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar ketma-ket uch kun — 6−8 dekabr (juma kunidan dushanbagacha), olti kunlik ish haftasidagilar esa 7- va 8-dekabr kunlari dam olishadi.
Bu kunlarda quyidagi 25 ta bank filialida ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
- Agrobank;
- Aloqabank;
- Anor bank;
- Apexbank;
- Asia Alliance bank;
- Asakabank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garant bank;
- Hamkorbank;
- Hayot bank;
- Ipoteka-bank;
- Ipak Yulli Banki;
- InfinBank;
- Kapitalbank;
- Mikrokreditbank;
- Orient Finans bank;
- Poytaxt bank;
- Saderat bank;
- Trastbank;
- Tenge bank;
- Turonbank;
- Universalbank;
- Xalq banki;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $61,2 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.
