Yevrokomissiya Google’ga qarshi rasmiy antimonopol tergov boshladi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Tergov Google tomonidan nashr etilgan kontentdan sun’iy intellektni o‘qitish uchun haq to‘lamasdan foydalanganiga asoslanadi.
Tekshiruv Google’ning veb-nashrlar kontenti va YouTube materiallaridan foydalanishda Yevropa Ittifoqi raqobat qoidalarini buzish ehtimolini o‘rganishga qaratilgan.
Yevrokomissiya kompaniyani kontent yaratuvchilarga adolatsiz shartlar qo‘yishda gumonlanmoqda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Google qidiruv natijalari sahifalarida generativ sun’iy intellekt uchun kontentdan tegishli haq to‘lamasdan foydalangan bo‘lishi mumkin. Bunda nashrlarga o‘z materiallaridan bunday foydalanishni rad etish imkoniyati berilmagan.
Xuddi shunday vaziyat YouTube’ga yuklangan video va boshqa kontentga ham taalluqli. Platforma ushbu materiallarni Google sun’iy intellektining generativ modellarini o‘xshash sharoitlarda o‘qitish uchun ishlatgan bo‘lishi mumkin.
Tergov, shuningdek, Google’ning kontentga imtiyozli kirish huquqini o‘ziga bergan-bermaganligini tekshiradi. Bu raqobatdosh sun’iy intellekt modellarini ishlab chiquvchilarni bozorda noqulay ahvolga tushirib qo‘yishi mumkin.
Sentabr oyida Yevropa Ittifoqi Google’ga reklama texnologiyalari bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilgani uchun $3,45 mlrd miqdorida jarima soldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu qarorni tanqid qilib, uni Amerikaning yirik kompaniyalariga nisbatan “soliq solishning bir shakli” deb atadi.
Oktabr oyida Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi organlari Google’ni reklama texnologiyalari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun 2,95 mlrd yevro miqdorida jarimaga tortgan edi.
Noyabr oyida Yevropa Ittifoqi Google’ga nisbatan monopoliyaga qarshi tergov boshlagandi haqida xabar berilgandi.
Yevropa komissiyasi Google’ni yangiliklar saytlari va boshqa nashrlar tijorat hamkorlaridan kontent joylashtirganida, ularning qidiruv natijalari reytingini pasaytirishda aybladi.
YI hukumati fikriga ko‘ra, kompaniya siyosati saytlarni daromad olishning “oddiy va qonuniy” usuliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
