Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
“Yaqinda Samarqand, Jizzax ва Sirdaryoda fermerlar ва dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 mln, g‘allada 10 mln tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”, — dedi davlat rahbari.
Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi.
“Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2,6 trln so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10%igacha qismini subsidiyalashga 250 mlrd so‘m beriladi.
Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5% igacha subsidiya ajratiladi. Mahalliy yangi paxta navlarini yaratish ishlariga ham alohida e‘tibor qaratiladi.
Xususan, ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligi rivojlantiriladi. Genomika va Paxtachilik ilmiy institutlariga fitotron ва issiqxona qurib beriladi. Paxta yetishtirish uchun birja orqali mineral o‘g‘it ва yoqilg‘ini 10−15% arzon narxda yetkazib berish amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi.
Endilikda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarning alohida reytingi yuritiladi. Bunda kamida 10 yildan ortiq ishlayotgan, kredit, lizing va soliqdan muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan fermerlarga reytingiga qarab Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan berilayotgan imtiyozli kredit stavkalari yana-da pasaytiriladi. Yuqori reytingdagi fermerlarga kredit stavkasi paxta uchun 8%, g‘alla uchun 10% qilib belgilanadi.
Avvalroq fermerlarga paxta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangandi.
