2025-yil kuzida 267 ta eksport qiluvchi kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini oldi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
1-sentabrdan 30-noyabrgacha 470 ta kompaniya rezidenti bo‘lgan. Ularning 258 tasi Toshkentda va 212 tasi viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan.
Yangi ishtirokchilarning asosiy qismini eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalar tashkil etdi — jami 267 ta, shulardan 158 tasi xorijiy. Ushbu kompaniyalar 2026-yil oxirigacha $70 mlndan ortiq xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Xorijiy rezidentlar, shuningdek, 6,5 mingdan ortiq ish o‘rinlarini yaratishni mo‘ljallamoqda.
Kuz oylarida IT Park AQSh, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Iordaniya, Singapur va boshqa davlatlardan kelgan xorijiy kapitalga ega 158 ta kompaniyani qabul qildi.
Hududiy qamrov kengayishda davom etmoqda: Iordaniya, Indoneziya, Meksika, Lixtenshteyn, Yangi Zelandiya va Norvegiya ham asoschilar geografiyasiga qo‘shildi.
O‘rtacha hisobda, kuzning har bir oyida IT Park ekotizimiga 90 dan ortiq eksportga yo‘naltirilgan kompaniya va 50 ga yaqin xorijiy kapitalga ega kompaniya kirib kelgan. Ayrim mamlakatlardan bo‘lgan qiziqishning o‘sishi sezilarli:
- Malayziya rezidentlari soni 120%;
- Turkiyadan 43%;
- Yaponiyadan 375%;
- AQSHdan sentabr oyi boshidan beri 32% ga o‘sdi.
Shu bilan birga, BPO va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirmoqda. Ular ta‘lim sohasida konsalting, biznes-tahlil xizmatlari, texnik hujjatlar va statistik materiallarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ymoqda.
2025-yil mart-aprel oylarida 132 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya IT Park rezidenti maqomini olgandi.
Avvalroq O‘zbekiston Gonka global sun‘iy intellekt tarmog‘iga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
