Gruziya hukumati tomonidan 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan majburiy kirish talabi joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airwyas xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, barcha chet el fuqarolari uchun Gruziyada bo‘lish davrining butun muddatiga majburiy tibbiy sug‘urta talab etiladi.

Qayd etilishicha, mamlakatda bo‘lish davri mobaynida majburiy sug‘urta polisi yo‘qlar 300 lari (taxminan 1,3 mln so‘mga teng) miqdorida jarima to‘lanishi belgilanmoqda.

Sug‘urta polisi ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi hamda uning amal qilish muddati Gruziyada bo‘lishning butun davrini qamrab olishi shart.

Minimal qamrov quyidagilarni o‘z ichiga oladi: shoshilinch ambulatoriya xizmatlari kamida $5000, statsionar davolanish (baxtsiz hodisalar, jarohatlar, kasalliklar, evakuatsiya va repatriatsiya) kamida $30 000.

Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakatning tog‘li hududlariga sayohat qilish uchun alohida talablar mavjud.

Hujjat doimo sayyohning yonida bo‘lishi — mobil qurilmada elektron shaklda yoki qog‘ozga chop etilgan bo‘lishi kerak.

Ta’kidlanishicha, polis mamlakatga kirishda ham, mamlakat ichida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ham talab qilinishi mumkin.


Avvalroq AQSH 30 dan ortiq mamlakatga sayohat taqiqini joriy etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning qayd etishicha, prezident Tramp mamlakatlarni baholashda davom etmoqda.