OpenAI rahbariyati 2026-yilning birinchi choragida “kattalar rejimi"ni ishga tushirish rejalarini rasman tasdiqladi, deb yozadi The Verge.
Qayd etilishicha, bu tasodifiy qaror emas, balki murakkab yoki o‘ziga xos mavzularni muhokama qilishda senzuradan bezor bo‘lgan millionlab foydalanuvchilarning talablariga puxta o‘ylangan javobdir.
Shu bilan birga, bu Grok kabi modellar allaqachon erkinroq muloqotni taklif etayotgan raqobatli musobaqadagi strategik qadamdir.
Ta’kidlanishicha, ishga tushirishning asosiy sharti yoshni aniq aniqlash tizimini ishlab chiqish bo‘ldi. Bu tizim hozirda bir nechta mamlakatda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Algoritm o‘smirlarni katta yoshli foydalanuvchilardan xatosiz farqlay olishni o‘rganishi kerak. Bu jarayon yosh chegarasi belgilangan kino yoki video o‘yinlar dunyosidagi kabi raqamli chegarani yaratadi.
Avvalroq OpenAI rahbari zudlik bilan ChatGPT’ni yaxshilashga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Sem Altman OpenAI’dagi yangi loyihalar to‘xtatib turilishini, xodimlariga $500 mlrdlik startap “jiddiy vaziyatda” ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi ChatGPT’ning analogi bo‘lgan sun’iy intellekt (SI) ga asoslangan yangi Mi Chat yordamchisini ishlab chiqayotgani ma’lum qilindi.
Mi Chat nomli xizmat 17-dekabr kuni o‘tkaziladigan kompaniya tadbirida taqdim etilishi kutilmoqda.
