15-dekabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 723 ming 280 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 8 mln 616 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8 mln 616 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 17 mln 233 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 34 mln 466 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 86 mln 164 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 172 mln 328 ming so‘mni tashkil qiladi.

15-dekabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4400 ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4376,65ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin quymalar

Noyabr oyida oltin quymalarni bank ilovalari orqali olish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

Endi fuqarolar oltin quymalarni bank bo‘limlariga bormasdan, mobil ilova orqali xarid qilish va sotish imkoniga ega bo‘ladi.

Avvalroq Spot oltin quymalarni qayerdan va qanday sotib olish, oltin depozitini ochish yoki tokenlarga investitsiya kiritish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalarni to‘plagandi.