Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi belgilandi. Bu haqdagi tegishli yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, grafik deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bir qator hollarda bojxona organiga taqdim etiladi.
Jumladan, tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda davriy bojxona to‘lovlarini har oyda yoki yilning har choragida to‘lash maʼlum qilingan taqdirda taqdim qilinadi.
Shuningdek, bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash lozim bo‘lganda taqdim etish kerak.
BYD qog‘oz shaklda bojxona organiga taqdim etilgan taqdirda grafik qog‘oz shaklda 4 nusxadan iborat A4 formatdagi varaqlarda taqdim etiladi.
Bunda 1-nusxa bojxona posti uchun, 2-nusxa deklaratsiyalovchi shaxs uchun, 3 va 4-nusxalar deklarant uchun taqsimlanadi.
Grafikning har bir nusxasi deklaratsiyalovchi shaxs va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Sentabr oyida bojxona omboridagi avtomobillarni boshqalarga o‘tkazish taqiqlanishi mumkinligi aytilgandi.
Avvalroq mahalliy kompaniya va banklarga xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi belgilangandi.
