Asterium — O‘zbekistondagi yirik kriptoekotizim — Tashkent City Mall savdo markazida Kriptoarcha ochdi. Bu klassik Yangi yil stendi emas, balki kripto-aktivlarning real hayotda qanday ishlashini ko‘rish mumkin bo‘lgan jonli makon.

Asterium uchun bu — ongli va strategik qadam. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bozor nafaqat texnologiyalar, balki g‘oyalar, hissiyotlar va yangi formatlar hisobiga ham rivojlanadi. Kriptomakon kriptoaktivlar haqida ortiqcha nazariyasiz, sodda va tushunarli tarzda hikoya qilishning yangi usuliga aylandi.

Pavilon mehmonlari Asterium jamoasi bilan muloqot qilishi, savollar berishi va O‘zbekistonda kriptoaktivlar bilan ishlash bo‘yicha qanday imkoniyatlar allaqachon mavjud ekanini bilib olishi mumkin. Mutaxassislar kriptoaktivlar bilan endigina tanishayotganlar uchun ham, undan har kuni foydalanayotganlar uchun ham mos asosiy ssenariylar va yechimlarni tushuntirib beradi.

Kriptomakonning asosiy e’tibor markazlaridan biri — Asterium kriptokartalari. Ularni joyning o‘zida rasmiylashtirib, darhol foydalanishni boshlash mumkin. HUMO, Mastercard va Visa kartalari mavjud. Bu kriptoaktivlardan kundalik hayotda foydalanishning eng qulay usullaridan biri: do‘konlarda, kafelarda va onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. To‘lov vaqtida kriptoaktivlar avtomatik tarzda real pulga konvertatsiya qilinadi, shu sabab karta oddiy bank kartasi kabi ishlaydi.

Kriptomakon — bu faqat mahsulotlar haqida emas, balki muhit va kayfiyat haqida ham. Yangi yil syurprizlari, tanlovlar, sovg‘alar va bayramona muhit — barchasi zamonaviy moliyaviy servislar nafaqat foydali, balki ilhomlantiruvchi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun yaratilgan.

“Biz kriptoaktivlar murakkab va uzoq narsa sifatida qabul qilinishini istamaymiz. Kriptoarcha — bu bozorga boshqa tomondan qarash imkonini beradigan format: jonli, tushunarli va zamonaviy. Biz uchun muhim jihat — inson nafaqat servislar haqida bilib olishi, balki ularni darhol amalda sinab ko‘rishi”, — deya ta’kidladi Asterium tijorat direktori Nadejda Kotsaga.

Yangi yil kriptomakoni Tashkent City Mall’ning markaziy archasi joylashgan atriumda o‘rnatilgan bo‘lib, 15-dekabrdan 25-yanvargacha har kuni faoliyat yuritadi.

Asterium servislarining batafsil ma’lumotlari asterium.uz saytida va Telegramkanalida mavjud.

Reklama huquqlari asosida.