E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 16-dekabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 130,01 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 12-dekabr kuni belgilangan 12 097,93 qiymatga nisbatan 32 so‘m 8 tiyinga oshdi.
16-dekabr kuni sotish kursi banklarda 12 190 so‘mdan 12 160 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 100 so‘mdan 12 065 so‘mgacha yetdi.
Avvalroq joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrddan oshgani haqida xabar berilgandi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% ga yoki $3,5 mlrdga ko‘p, biroq noyabr oyida o‘tkazmalar hajmi keskin qisqargan.
Xususan, noyabrda transferlarning oylik miqdori keskin qisqardi — $1,48 mlrd. Pul o‘tkazmalari hajmi $1,97 mlrd bilan iyul oyida eng yuqori darajaga yetdi, keyingi oylarda pasayish kuzatilib, oktabrda ko‘rsatkich $1,86 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, 11 oyda aholi banklarga qariyb $20 mlrd xorijiy valyuta sotdi. Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar oshib, talabdan $8,7 mlrdga yuqori bo‘ldi.
