OpenAI rasmlar yaratish uchun yangi modelni ishga tushirdi va ChatGPT’da prompt va uslubiy g‘oyalarni o‘z ichiga olgan “Tasvirlar” bo‘limini faollashtirdi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, GPT Image 1.5 tahrirlashning barcha turlarini “a'lo darajada” bajaradi: u “qo‘shish, o‘chirish, birlashtirish, aralashtirish va qayta joylashtirishni” mukammal tarzda amalga oshiradi.
Shuningdek, ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, yangi model avvalgisiga nisbatan to‘rt marta tezroq tasvirlar yaratish qobiliyatiga ega.


“Kutubxona” o‘rniga yangi “Tasvirlar” bo‘limi — ChatGPT Images kiritildi. Unga so‘rov maydoni, tayyor uslublar va prompt g‘oyalari, shuningdek, ilgari “Kutubxona” deb nomlangan, allaqachon yaratilgan rasmlar arxivi qo‘shilgan.
Qayd etilishicha, prompt kiritilgandan keyin chat-bot bilan standart muloqot boshlanadi.
Avvalroq OpenAI rahbari zudlik bilan ChatGPT’ni yaxshilashga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Sem Altman OpenAI’dagi yangi loyihalar to‘xtatib turilishini, xodimlariga $500 mlrdlik startap “jiddiy vaziyatda” ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi ChatGPT’ning analogi bo‘lgan sun’iy intellekt (SI) ga asoslangan yangi Mi Chat yordamchisini ishlab chiqayotgani ma’lum qilindi.
Mi Chat nomli xizmat 17-dekabr kuni o‘tkaziladigan kompaniya tadbirida taqdim etilishi kutilmoqda.
Dasturchilar uchta fotosuratni yuklab, barcha qahramonlar bolalar bayramida zerikayotgan rasmni yaratishni so‘rashdi.


16-dekabrdan boshlab ChatGPT Images ChatGPT’ning barcha foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati ochildi.




