Mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ayol tadbirkorlar boshchiligidagi loyihalar, shuningdek, ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratiladi. Mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab biznesni moliyalashtirishda foydalaniladi, bu esa ko‘proq tadbirkorlarga mablag‘ jalb qilish imkonini berib, ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantiradi va zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etishga ko‘maklashadi.

Shartnomalarning imzolanishi ANORBANK’ning xalqaro hamkorligini rivojlantirishdagi muhim qadam hisoblanadi. Bu bank barqaror rivojlanish, moliyaviy imkoniyatlar va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga strategik sodiqligini aks ettiradi. Ushbu hamkorlikning amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va tadbirkorlik ekotizimini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi.

BlueOrchard Finance Ltd haqida

BlueOrchard — ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar sohasidagi yirik global boshqaruv kompaniyasi va Schroders guruhining a’zosi hisoblanadi. Ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar (impact investing) sohasining asoschisi sifatida, kompaniya jamiyat va atrof-muhit uchun uzoq muddatli ijobiy natija yaratishga intiladi, ayni paytda investorlarga jozibador daromad ta’minlaydi. BlueOrchard 2001-yilda BMT tashabbusi bilan dunyodagi birinchi mikromoliyaviy qarz investitsiyalarining tijorat boshqaruvchisi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya rivojlanayotgan va yangi bozorlardagi millionlab tadbirkorlarni investorlar bilan bog‘lagan holda, turli xil aktiv sinflarida ijtimoiy ta’sirga ega investitsiya yechimlarini taklif etadi. Bu orqali investitsiya yechimlarini barchaga ochiq qilish va kapitaldan ongli foydalanishga hissa qo‘shadi.

Innovatsion aralash moliyaviy vositalar sohasidagi professional boshqaruvchi va ekspert sifatida BlueOrchard kuchli xalqaro investorlar bazasiga ega va global taraqqiyot institutlarining ishonchli hamkori hisoblanadi. 2024-yil dekabr holatiga ko‘ra, BlueOrchard investitsiyalari rivojlanayotgan va yangi bozorlarda 300 mln dan ortiq insonni qo‘llab-quvvatlagan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni saytdan olish mumkin.

ANORBANK — O‘zbekistondagi birinchi milliy raqamli banklardan biri va moliya bozorining faol ishtirokchisi. Bankning vazifasi mijozlar ehtiyojlarini oldindan anglagan holda vaqtni tejaydigan ishonchli mahsulotlar yaratishdan iborat.

Reklama huquqlari asosida.