O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi.

Butunjahon turizm tashkiloti ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha dunyo miqyosida eng yuqori o‘sish qayd etilgan top-20 davlat qatoridan joy oldi.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatga kelgan xalqaro turistlar soni 2019-yilga nisbatan 73% ga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng tez o‘sayotgan sayyohlik yo‘nalishlari reytingida 6-o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan Butan (+203%), Qatar (+138%), Salvador (+88%), Albaniya (+83%) hamda Bahrayn (+76%) joy oldi.

reyting, sayyoh, turist, turizm, turizm qo‘mitasi

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yilning to‘qqiz oyida Yevropada eng tez o‘sish ko‘rsatgan 10 ta yo‘nalishdan biri bo‘ldi. Yanvar-fevral oylarida mamlakatga kelgan xalqaro turistlar soni 2024-yilga nisbatan 13% ga oshdi.

Bu Yevropa mintaqasida Isroil (+23%), Finlyandiya (+15%) hamda Norvegiya (+14%) dan keyingi eng yuqori o‘sish qayd etilgan to‘rtinchi yo‘nalishdir.

2019-yilga nisbatan 73% o‘sish bilan esa O‘zbekiston Yevropadagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan davlatlar qatoridan 2-o‘rinni oldi. Birinchi pog‘onani Albaniya (+83) egallagan.

reyting, sayyoh, turist, turizm, turizm qo‘mitasi

2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mlndan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Aprel oyidan boshlab tarixda birinchi marta har oyda milliondan ortiq sayyoh kelmoqda. Turistik xizmatlar eksportidan olingan daromadlar $4,4 mlrddan oshdi.


Avvalroq O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar soni oshirilib, yo‘lga sarflanadigan vaqt 3 baravarga qisqartirilishi aytilgandi.