Top-20: O‘zbekistonda 35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar reytinggi e’lon qilindi. Kimlar bor?
Undan Sintez Agency asoschisi Alina Mirzayeva, Bon! asoschisi Behzod Ashurov, Billz asoschisi Rustam Hamdamov hamda Cambridge o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi Jahongir Po‘latov kabilar joy oldi.
Xorijda ta’lim: Buyuk Britaniyada grant asosida tahsil olayotgan Sevinch Hamrayeva hikoyasi
Spot El-yurt umidi stipendiyasi asosida Buyuk Britaniyaning York universitetida tahsil olayotgan Sevinch Hamrayeva bilan dastur va unga hujjat topshirish, intervyudan o‘tish jarayonlari, shuningdek, Angliyadagi ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.
Foizsiz banking: islomiy banklar nimaning hisobiga foyda oladi?
Xalqaro ekspert Xondamir Nusratxo‘jayev foizsiz bankning qanday ishlashi mumkinligini va butun model nima uchun “puldan pul” yaratishga emas, balki haqiqiy aktivlarga asoslanganligini tushuntirib beradi.
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti — Jamshid Qo‘chqorov
Abdug‘ani Sanginov gaz qazib olishni barqarorlashtirish uchun strategiya ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayev esa sohaga mas‘ul bo‘ladi.
“40 mln so‘mga 200 kv.metrlik xonadon” — Soliq qo‘mitasi uy-joylar uchun minimal narxlar haqida
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida uy-joylar bir kvadrat metri 14 ming so‘mdan sotilgan holatlar aniqlangan.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda xalqaro brendlarga tegishli qahva uchun import bojxona boji bekor qilinadi
Import qilingan ko‘rpa va pardalar uchun boj 5%gacha, idish-tovoq va gilamlar uchun esa 10%gacha pasaytiriladi. - Jahon banki O‘zbekistonga $100 mln kredit va $5 mlnlik grant ajratadi
Ushbu mablag‘lar mamlakatda biznesni rivojlantirish va ish o‘rinlarini yaratish loyihalari uchun yo‘naltiriladi. - Toshkentga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga ko‘chirilib, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi
Bu yerda parkovkalar qurilib, poytaxtga kelganlar avtomobilini shu yerda qoldirib jamoat transportida harakatlanadi. - Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hukumat qarori tayyorlanmoqda — Qurilish vazirligi
O‘zgarishlar bosh reja tasdiqlanishidan oldin auksionga chiqarilgan, hozirda esa konservatsiya zonalari yoki qavatlilik cheklovlariga to‘g‘ri kelayotgan yer uchastkalariga taalluqli bo‘ladi. - O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vizalarni soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yevropa tomoni o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini soddalashtirishni Yevrokomissiya kun tartibiga kiritish uchun qator shartlarni belgilab berdi. - Senat 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi
Muhokama jarayonida senatorlar budjet daromadlarini oshirish va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga eʼtibor qaratdi. - AQSH Green Card dasturini to‘xtatdi
Qaror Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushbu dastur orqali mamlakatga kelgani sababli qabul qilingani aytilmoqda. - Disney O‘zbekistonda kreativ park va tematik bog‘ barpo etishi mumkin
O‘zbekistonda Disneyning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamda kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal ochish taklif qilindi. - Transport, investitsiya, ekologiya: Mirziyoyev “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida nimalar haqida gapirdi?
Prezident “Markaziy Osiyo — Yaponiya 2040” hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, havo sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirish kabi tashabbuslarni ilgari surdi. - O‘zbekiston JST bo‘yicha muzokaralarni yakunlamoqda, biroq jarayon cho‘zilyapdi — Urunov
Prezidentning JST bo‘yicha vakili a’zo bo‘lish jarayonini kechiktirmaslikka chaqirib, barcha masalalarni muhokama qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.





