O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun soatbay tariflar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda 11-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi chiqishida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
O‘zLiDeP fraksiyasi vakili Saydullo Azimovning aytishicha, aholi energiya resurslari tariflaridan norozi. Deputat tariflarni mavsumga qarab tabaqalashtirishni taklif qildi: yozda ularni oshirish, qishda esa isitish uchun energiyaga talab oshganda pasaytirish, gazlashtirilmagan uylar uchun alohida tariflarni joriy etish.
Energetika vazirligi rahbari palata deputatining taklifini o‘rinli deb atab, muvozanatni saqlash zarurligini ta’kidladi.
“Biz ayni paytda siz aytgan taklifga o‘xshash taklif ustida ishlamoqdamiz — isitish mavsumida elektr energiyasiga o‘tishni rag‘batlantiruvchi alohida me’yorni joriy etish. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, elektr energiyasi yordamida isitish samaraliroq, chunki u xavfli vaziyatlarning oldini oladi. Ikkinchidan, gap nafaqat mavsumlar bo‘yicha — isitish va boshqa, balki kun davomida ASKUE „aqlli“ elektr hisoblagichlari yordamida tariflarni tabaqalashtirish haqida bormoqda. Masalan, elektromobilni kechqurun yoki kunduzi zaryadlash arzonroq bo‘ladi, eng yuqori iste’mol paytlarida esa tariflar oshadi. Hozir biz tariflarni soatbay qilish ustida ishlamoqdamiz”, deya ta’kidladi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
O‘zbekistonda gaz plitalari o‘rniga elektr plitalari bilan jihozlangan uylar uchun elektr energiyasi uchun pasaytirilgan tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Yangi tariflar gaz quvurlariga ulanmagan va markaziy isitish o‘rniga elektr isitish bilan taʼminlangan ko‘p qavatli uylar hamda yotoqxonalar uchun tatbiq etiladi Shuningdek, chegirmalar gazlashtirilmagan hududlardagi maishiy isteʼmolchilarga ham tegishli bo‘lib, ular subsidiyalangan narxlarda suyultirilgan gaz yoki ko‘mir olmaydilar.
Isitish mavsumida oyiga 2000 kVt/soatgacha isteʼmol qilganda, bunday abonentlar maishiy isteʼmolchilar uchun amal qilayotgan tarifdan 50% past narxda to‘laydilar. Yilning qolgan vaqtlarida pasaytirilgan narxlar uchun oylik limit 1000 kVt/soatni tashkil etadi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tariflarning taqqoslanishi quyidagi jadvalda keltirilgan:
| Isteʼmol hajmi | Tarif (kVt/soat uchun, so‘mda) | |
| amalda | taklif etilayotgan | |
| isitish mavsumida | ||
| 200 kVt/soatgacha | 600 | 300 |
| 201−500 kVt/soat | 800 | 400 |
| 501−1000 kVt/soat | 1000 | 500 |
| 1001−2000 kVt/soat | 1500 | 750 |
| isitish mavsumidan tashqari | ||
| 200 kVt/soatgacha | 600 | 300 |
| 201−500 kVt/soat | 800 | 400 |
| 501−1000 kVt/soat | 1000 | 500 |
O‘zgartirishlar idoralararo dastlabki kelishuvdan o‘tkazildi. Hozirda elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklamani qabul qilish imkoniyatini tekshirish maqsadida texnik audit o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zenergoinspeksiya, Hududiy elektr tarmoqlari va Hududgaztaʼminot tahlil o‘tkazmoqda.
Hisob-kitoblar yakunida yakuniy xulosa chiqariladi. Uning asosida masʼul davlat organlari tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
22-dekabr kuni metan “zapravka"lar belgilangan vaqtlarda odatdagi rejimda ishlashi haqida xabar berilgandi.
Energetika vazirligi mamlakatdagi barcha metan zapravkalar
