Yilning asosiy yutuqlari bir nechta yo‘nalishlarni qamrab oldi — raqamli xizmatlar, mijozlar tajribasi, texnologik liderlik hamda korporativ madaniyatni rivojlantirish.

Texnologik liderlik va Visa tomonidan e’tirof etilish

2025-yilda InfinBANK xalqaro to‘lov tizimi — Visa tomonidan ikki nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu esa bankning global miqyosdagi raqobatbardoshligining tasdig‘ibo‘ldi.

infinbank, reklama

Best Credit Card Issuer

Ushbu mukofot kredit kartalari bo‘yicha eng jozibador shartlarni taklif etuvchi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lgan banklarga beriladi. InfinBANK kredit kartalari qulay shartlar va zamonaviy yechimlarning uyg‘unligi bilan e’tirof etildi.

Asosiy afzalliklar:

  • kredit limiti — 100 mln so‘mgacha;
  • 50 kungacha foizsiz davr, bu xarajatlarni moslashuvchan rejalashtirish imkonini beradi;
  • kundalik hayotda InfinBLACK kartasidan foydalanishni qulay va sodda qiluvchi innovatsion funksiyalar.

Visa Token Services Implementation

Ushbu mukofot zamonaviy va xavfsiz to‘lov texnologiyalarini joriy etayotgan banklarni e’tirof etadi. InfinBANK to‘lov ma’lumotlarini tokenlashtirish tizimini muvaffaqiyatli joriy etgani uchun bu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Mijozlar uchun bu quyidagilarni anglatadi:

  • karta ma’lumotlarini noyob raqamli token bilan almashtirish orqali qo‘shimcha ma’lumotlar himoyasi;
  • internetda ham, oflayn do‘konlarda ham yanada tezkor, qulay va xavfsiz to‘lovlar.

Yaxshi raqamli mijozlar tajribasi uchun e’tirof

2025-yilning asosiy yutuqlaridan biri — InfinBANK’ning mustaqil CX Banking Index tadqiqoti doirasida e’tirof etilishi bo‘ldi. Bu tadqiqot O‘zbekistonda mobil bank ilovalarini baholash bo‘yicha nufuzli loyihalardan biridir.

infinbank, reklama

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bank ikkita mukofotga sazovor bo‘lib, raqamli yechimlar darajasi yuqoriligi va mijozlar qulayligiga yo‘naltirilganligi tasdiqlandi:

  • “P2P o‘tkazmalar” nominatsiyasida kumush mukofot — foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘tkazmalar tezligi, ishonchliligi va qulayligi, shaffof komissiyalar va xizmatning barqaror ishlashi bo‘yicha;
  • “First Impression” nominatsiyasida bronza mukofot — mobil ilova bilan birinchi muloqot tajribasi qulay va intuitiv bo‘lgani, jumladan ro‘yxatdan o‘tish, avtorizatsiya, kartalarni qo‘shish va birinchi operatsiyalar bo‘yicha.

CX Banking Index doirasidagi ekspert e’tirofi InfinBANKning moliyaviy bozorni faol raqamlashtirish sharoitida raqamli vositalarni rivojlantirish va mijozlar yo‘nalishi sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishini ta’kidlab ko‘rsatmoqda.

Farhod Faxritdinovich Mamadjanov, InfinBANK aksiyadori va asoschilaridan biri, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Fintech League 2025'da chempionlik

Texnologik yutuqlardan tashqari, InfinBANK korporativ madaniyatni faol rivojlantirmoqda. 2025-yilda bank mamlakatning yetakchi banklari va fintex kompaniyalarini birlashtiruvchi korporativ turnir — Fintech League chempioni bo‘ldi.

infinbank, reklama

Final o‘yinda InfinBANK jamoasi Hayot Bank ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyat kuchli jamoaviy ruh, xodimlarning faol ishtiroki va bankning professional hamjamiyat hayotidagi faolligini ramziy ifodalaydi.

Bank asoschisining shaxsiy e’tirofi

InfinBANK aksiyadori va asoschisi Farhod Faxritdinovich Mamadjanov 2025-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

infinbank, reklama

Ushbu yuqori davlat mukofoti Farhod Faxritdinovichning mamlakat moliya sektorini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, tadbirkorlik faoliyati va O‘zbekistonda zamonaviy bank biznesi standartlarini shakllantirishdagi roli uchun berildi.

Bu e’tirof shuni ko‘rsatadiki, InfinBANK’ning yutuqlari nafaqat texnologik innovatsiyalar va sifatli xizmat, balki strategik yetakchilik, missiya va bankning sohani rivojlantirishdagi uzoq muddatli roli bilan ham bog‘liq.

2025-yil mukofotlari va yutuqlari InfinBANKning innovatsion rivojlanish yo‘lida ishonchli harakatlanayotganini, texnologik yetakchilik, yuqori xizmat darajasi va inson omiliga e’tibor bilan uyg‘unlashayotganini namoyish etadi.

Xalqaro to‘lov tizimlari, sohaviy tadqiqotlar va professional hamjamiyat tomonidan berilgan e’tirof shuni tasdiqlaydi: InfinBANK raqamli banking tendensiyalarini kuzatibgina qolmay, O‘zbekistonda moliyaviy xizmat ko‘rsatishning yangi standartlarini belgilamoqda.

2025-yil yakunlari bankning yanada o‘sishi va mijozlar uchun qulay, xavfsiz hamda texnologik bank tajribasini ta’minlashga qaratilgan yangi raqamli yechimlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Reklama huquqlari asosida.