Sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishi jadallashtiriladi. Bu haqdagi vaqtinchalik nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, sanoat zonasidagi yakuniga yetkazilmagan loyihalarga kiritilgan investitsiyalar baholanadi. Bu investor sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini yo‘qotgandan so‘ng loyiha doirasida qilgan xarajatlarini belgilangan shartlar asosida qoplab berish maqsadida amalga oshiriladi.

Bunda sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini yo‘qotgan investor va direksiya o‘rtasida tuziladigan kelishuv bitimi asosida qurilishi boshlangan, biroq yakunlanmagan obyektlar direksiyaga o‘tkaziladi. Ushbu obyektlar bo‘yicha qurilishga sarflangan xarajatlar investorga belgilangan tartibda qoplab beriladi.

Investorning sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi bekor qilingach, yer uchastkasi qurilishi tugallanmagan obyekt bilan birga direksiyaga qaytariladi.

Bunda 2 hafta muddatda direksiya qurilishi tugallanmagan obyektni o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, 1 oy muddatda mazkur obyektni baholashdan o‘tkazadi.

Obyekt baholanganidan so‘ng, direksiya yer uchastkasini qurilishi tugallanmagan obyekt bilan birga yoki qurilish yakunlanib foydalanishga ruxsatnoma olingach auksionga chiqaradi. Bunda yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun mazkur aktivlar 3 kun ichida belgilangan tartibda elektron onlayn auksionga joylashtiriladi.

Oktabr oyida Toshkentdagi Yangi avlod sanoat zonasida $400 mlnlik yana 30 ta loyiha ishga tushirilishi aytilgandi.

Shuningdek, Turkiya kompaniyasi Quvada qiymati $350 mlnlik maxsus sanoat zonasi tashkil qilishi haqida


Avvalroq Depozitar operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tartib belgilangandi.