Davlat Dumasi axborot siyosati qo‘mitasi raisi Sergey Boyarskiy Telegramni hozirda bloklash noto‘g‘ri qadam bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Vedomosti nashri xabar berdi.

Uning aytishicha, Rossiyada “barcha kanallar Max messenjeriga o‘tmaguncha Telegram bloklanmaydi”. Bundan tashqari, Telegram aslida ijtimoiy tarmoq vazifasini ham bajaradi.

“Telegramda bizning kun tartibimizni to‘g‘ri yoritadigan, katta auditoriyaga ega bo‘lgan juda ko‘p kanallar, jumladan, xorijiy va mahalliy kanallar mavjud. Albatta, ularga ham kuch, ham mablag‘ sarflangan”, deya Boyarskiyning so‘zlarini keltiradi nashr.

Kuni kecha Roskomnadzor WhatsApp messenjerini to‘liq bloklash ehtimoli haqida ogohlantirgan edi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, bu xizmat terrorchilik faoliyatini tashkil etish, yollash va firibgarlik uchun ishlatiladi hamda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha talablarga amal qilmaydi. 2025-yil avgust oyida Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar bloklangan edi.

Roskomnadzor tomonidan aniqlik kiritishicha, foydalanuvchilar muloqot qilish uchun muqobil xizmatlarga o‘ta olishlari uchun cheklovlar “bosqichma-bosqich” joriy etilmoqda.

Dekabr oyi boshida Rossiyada Snapchat messenjeri va Applening FaceTime xizmati bloklandi. Roskomnadzor messenjerni bloklashga platformadan terrorchilik faoliyatini tashkil etish uchun foydalanishni sabab qilib ko‘rsatdi.

Apple’ning videoqo‘ng‘iroq xizmatini Rossiyada terrorchilik faoliyati, yollash, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda qo‘llanilgani uchun bloklaganini ma’lum qildi.