Avvalroq Spot prezident 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzolagani haqida yozgandi.

Hujjat bilan 2026-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi.

Unga ko‘ra, mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llaniladigan ijara to‘lovining minimal stavkalari 7% ga indeksatsiya qilinadi.

Eng kam soliq stavkalari quyida keltirilgan:

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi

Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich

Taklif etilayotgan oylik ijara to‘lovi stavkalarining eng kam miqdorlari, so‘mda

Toshkent
Nukus, viloyat markazlari
boshqa aholi punktlari
1. Binolar:
turar joy
Umumiy maydonning 1 km.metri uchun
30 000 (+7,14%)
14 500 (+7,4%)
5 900 (+7,27%)
noturar joy
48 000 (+6,67%)
28 400 (+7,16%)
11 800 (+7,27%)
2: Avtotransport
yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobillar)
1 ta avtomobil uchun
918 000 (+7%)
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 824 000 (+7%)

Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, ular ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.

2025-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llaniladigan ijara to‘lovining minimal stavkalari 10−12% ga indeksatsiya qilingandi.

Avvalroq qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ijaraga berish tartibi o‘zgargani haqida xabar berilgandi. Endi yer maydoni minimal o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi, chegaralar esa davlat xizmatlari orqali belgilanishi lozim.