Xakerlar Spotify musiqa tinglash platformasini buzib kirishdi. Buzib kirish haqida Anna’s Archive guruhi xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, nusxalash 256 mln trek metama’lumotlari satrini va 86 mln audio faylni o‘z ichiga oladi. Bular P2P tarmoqlari orqali taxminan 300 terabayt hajmli torrentlar shaklida tarqatiladi.

Bu dunyodagi birinchi to‘liq ochiq musiqa “saqlash arxivi” hisoblanadi (ya'ni, diskida yetarli joy bo‘lgan har qanday kishi uni osongina nusxalashi mumkin).

Qayd etilishicha, u 86 mln musiqa faylini o‘z ichiga olib, barcha tinglashlarning taxminan 99,6% ini qamrab oladi.

Torrentlardan yuklab olish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar 160 Kbit/s tezlikdagi OGG Vorbis formatida joylashtirilgan. Ta’kidlanishicha, ular arxivni “insoniyatning musiqiy merosini ixcham shaklda saqlash” maqsadida ataylab o‘rtacha sifatda joylashtirganlar. Barcha treklar asl metama’lumotlarga ega.

Spotify xakerlik hujumini tasdiqladi va tergov ishlarini boshladi. Biroq, arxiv allaqachon tarmoqqa tarqalgan, shuning uchun uni qaytadan yashirishning iloji yo‘q.

Kompaniyaning Billboard nashriga yuborgan bayonotida quyidagilar ta’kidlangan: “Ruxsatsiz kirishni tekshirish natijasida ma’lum bo‘ldiki, uchinchi tomon ommaviy metama’lumotlardan nusxa ko‘chirgan hamda DRM tizimini chetlab o‘tish va platformaning ayrim audio fayllariga kirish uchun noqonuniy usullardan foydalangan”.

21-dekabr holatiga ko‘ra, ma’lumotlarga binoan, faqat metama’lumotlar e’lon qilingan bo‘lib, musiqiy fayllar esa chop etilmagan. “Biz hodisani faol o‘rganmoqdamiz”, — deyiladi Spotify xabarida.


Avvalroq Spotify musiqa xizmati o‘zining messenjeriga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Foydalanuvchilar taronalarni ulashib, bir-biriga matnli xabarlar yubora oladi. Bu funksiyadan 16 yoshdan kattalar foydalanishi mumkin.