Yil yakuni: 2025-yilda Spot’da eng ko‘p o‘qilgan va ko‘rilgan materiallar
Spot yakunlanayotgan yil davomida sayt o‘quvchilari ko‘p o‘qigan maqolalar hamda YouTube va Instagram tarmoqlarida eng ko‘p kuzatuvchilar e’tiborini tortgan videolarni bir joyga jamladi.
Yil yakuni: xorijdagi oliygohlar, grant dasturlari hamda kerakli hujjatlar haqida
Spot xorijdagi o‘zbekistonliklar tahsil olayotgan oliygohlar, ulardagi ta’lim tizimi hamda grantlar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

Yil yakuni: 2025-yilda tadbirkorlar qanday muammolarga duch keldi?
Spot yil davomida tadbirkorlar faoliyatida qanday muammo va qiyinchiliklar kuzatilgani hamda ular tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni bir joyga jamladi.
HR sohasidagi yil yakunlari: kadrlar taqchilligi, migrantlardan voz kechilishi va ekologik xavflarning ta’siri
Spot ekspertlar bilan 2025-yilgi O‘zbekiston mehnat bozorini tahlil qildi: ish haqi dinamikasi, ishsizlik darajasining pasayishi, xodimlarga bo‘lgan talab va 2026-yil uchun kutilmalar.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi.
Yangi yilning nomida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi. - Damas va Onix ishlab chiqarishi kamaydi, Tracker esa ko‘paymoqda.
Xorijiy brendlar orasida Kia yetakchi bo‘lib qolmoqda, Haval esa ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Chery’ni ortda qoldirdi. - O‘zbekistonda avtomobil raqamlarini aniqlash tizimidan parolsiz foydalanish mumkin — TechCrunch
Tizimda aniqlangan zaiflik raqamlarni kuzatish tizimi internetda parolsiz, ochiq holda joylashganini ko‘rsatdi, bu esa istalgan shaxsga unda saqlanayotgan ma’lumotlarga kirish imkonini beradi. - Prezident 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Kelasi yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori YIMning 3%i etib belgilandi. - AQSHni o‘z ixtiyori bilan tark etgan noqonuniy migrantlarga $3000 dan pul beriladi.
Mazkur mablag‘ yil oxirigacha ixtiyoriy deportatsiya uchun CBP Home ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan migrantlarga bepul aviachipta bilan birga taqdim etiladi. - Ilon Maskning boyligi birinchi marta $700 mlrddan oshdi.
22-dekabr holatiga, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi qariyb $749 mlrdga baholanmoqda. - Ko‘p zararli modda chiqaradigan avtomobillarning Toshkentga kirishi cheklanadi.
Eski avtomobilini yangilayotganlar uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi, filtr o‘rnatib zararli chiqindilarni kamaytirishga tayyor haydovchilarga esa xarajatlarining bir qismi subsidiya qilinadi. - Mahalliy va xorijiy elektromobillar sotib olish uchun imtiyozli avtokreditlar ajratiladi.
Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi. - Jizzax viloyatida AES qurilishi vaqtida aholi ko‘chirilishi mumkin — O‘zatom.
AES qurilishi direksiyasida ta’kidlanishicha, ehtimoliy ko‘chirish yaqin aholi punktlariga, jumladan, Xonbandi va Uchquloch mahallalariga taalluqli emas. - Abdumannop Buriyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovgacha u Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida ishlab kelayotgandi.



