Markaziy bank yana uchta mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank boshqaruvining qarorlariga (156, 157, 158) ko‘ra, reyestrga ADL Moliya, Prizma Kapital va Avo Finance kompaniyalari kiritildi. KTYDR ma‘lumotlariga ko‘ra, uchala kompaniya ham joriy yilning oktabr oyida tashkil etilgan.

ADL Moliya kompaniyasi 2,5 mlrd so‘m ustav fondiga ega bo‘lib, moliyaviy lizing sohasida faoliyat yuritadi. Yagona ta‘sischisi Murodjon Tohirjonovich Nazarov bo‘lib, unga Murad Buildings va NRG, shuningdek, bir qator tegishli qurilish va arxitektura firmalarida ulushlar tegishli.

Prizma Kapital ham oktabr oyida Qo‘qonda tashkil etilgan bo‘lib, “kreditlashning boshqa turlari” bilan shug‘ullanadi. 52 mlrd so‘mlik ustav kapitali 50%lik ulushlardan iborat: Nurafshon Metan Savdo ta‘sischisi Mahmud Ahmedov va Nozimjon Jabborov.

Avo Finance — AVO.uz bank holdingining sho‘ba korxonasi bo‘lib, 2023-yilda xususiylashtirilgan AVO bank ham uning tarkibiga kiradi. Holding, o‘z navbatida, Ruslan Adilbayev va Fonte Hedge Fund OEIC‘ga teng ulushlarda tegishli.

Noyabr oyi boshida Markaziy bank yana uchta tashkilot — Fincom Invest, Qanot Finans va Vafo Moliya‘ni ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Hozir O‘zbekistonda jami 132 ta mikrokredit tashkiloti mavjud.


Avvalroq banklarda “sirli mijoz” nazorat tadbiri o‘tkazilishi belgilangandi.