Toshkent aeroportida 6-yanvar kuni soat 02:28 da elektr ta‘minotida kichik uzilish yuz berdi. Bu haqda Uzbekistan Airports maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bunga Qo‘yliq podstansiyasidagi kichik nosozlik sabab bo‘lgan. Uzilish samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga ta‘sir qilmagan.

Jo‘nash va kelish zallari zaxira dizel generatorlar va UPS yordamida elektr energiyasi bilan ta‘minlangan. Soat 2:49 ga kelib elektr energiyasi to‘liq tiklandi.

O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari ham holat bo‘yicha izoh berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent aeroporti tasavvuridagi elektr qurilmasida (kabelda) sodir bo‘lgan qisqa tutashuv tufayli aeroport elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishi sodir bo‘lgan.

Tutashuv Qo‘yliq podstansiyasidagi himoya tizimida qayd etilgan.


Spot, avvalroq, O‘zbekistondagi 5 ta yirik aeroport modernizatsiya qilinadi va xususiy boshqaruvga berilishi haqida yozgandi.