Uchtepa tumani hokimligi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Hokimlikning Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi noqonuniy ravishda tadbirkordan $3000 olgan vaqtida ushlangan.

U go‘yoki joriy yilda tumanda buzilishi kerak bo‘lgan savdo do‘konlari va boshqa manzillar ro‘yxati tuzilayotganligini ro‘kach qilgan. Tadbirkorga tegishli do‘konni hokimlikda yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari orqali mazkur ro‘yxatga kiritmaslik va buzdirmaslik uchun pul talab qilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda) va 28,211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq Surxondaryoda bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.