Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Hududgaztaʼminot xabar berdi.

Tumanning “G‘alla quduq” MFY, Quruvchilar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro G. S. yashash xonadoniga tutash binoda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex tashkil etgan.

U tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 mlrd 603 mln so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Avvalroq O‘zbekistonda propan narxi keskin oshdi, birja savdolari hajmi qisqargani haqida xabar berilgandi.