Qishki sovuq sharoitida Hindiston banan ishlab chiqaruvchilari Maxarashtra va boshqa yirik yetishtirish hududlarida meva sifatining yomonlashgani hamda hosilning kamayganini qayd etmoqdalar.

Biroq, Yaqin Sharqdan amalga oshirilayotgan eksport mahsulot yetkazib berishdagi taranglikni yumshatmoqda. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

“Banan yetishtiradigan barcha hududlarda harorat pasayishi kuzatilmoqda. Sovuqdan zararlanmagan mevalar juda cheklangan miqdorda mavjud, bu esa fermer xo‘jaliklarida narxlarning yanvar oyida 1 kg uchun $0,27 gacha tushishiga olib kelmoqda”, — deya tushuntirdi Solapurdagi Trimurti Fruit Company kompaniyasi vakili Abhijit Patil.

FreshPlaza xabar berishicha, Patil sovuqdan zarar ko‘rgan bananlarning hali ham kilogrammi uchun $0,22 narxda sotilayotganini ta’kidlamoqda.

Bu narx odatdagidan yuqori, chunki Maxarashtra, Andxra-Pradesh, Gujarat va Madxya-Pradeshdan yetkazib berish hajmi kamayib bormoqda.

“Keskin sovuq tushishi mevalaning pishishiga to‘sqinlik qildi, ayrim navlarning taklifi kamayishi kutilmoqda. Bu vaziyat fevral oyining oxirigacha davom etishi ehtimoli bor. Xaridorlar kamyob mevalarni topishda qiynalmoqda, Andxrada ham narxlar ko‘tarilgan, biroq Maxarashtradagiga nisbatan biroz pastroq,” deya u qo‘shimcha qiladi Abhijit Patil.

Patilning ta’kidlashicha, sifat bilan bog‘liq muammolarga qaramay, eksport barqaror bo‘lib qolmoqda. Eron, Iroq, Ummon, Saudiya Arabistoni va Dubaydan import qiluvchilar sovuq urmagan mevalarni qabul qilmoqda.

Ular hozir Hindistondan sifatli material olish qiyinligini bilishadi, shuning uchun uni qabul qilishadi. Yevropa va Rossiya kabi sifatga yo‘naltirilgan bozorlar hozircha o‘zini tiyib turibdi, ammo Yaqin Sharqdagi talab konteynerlar harakatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Patilning aytishicha, Solapur 2024−2025-yillarda 4000 kror rupiy qiymatidagi 40 mingta konteynerni jo‘natib, Hindistonning banan eksporti markaziga aylandi.

Biroq, 2025-yilning so‘nggi choragi qiyin kechdi, chunki sentyabrdan dekabrgacha banan narxi bir kilogramm uchun $0,01−0,03 gacha tushib ketdi.

Mintaqadagi fermerlar vaziyat COVID-19 pandemiyasi davridagidan ham og‘irroq ekanligini ta’kidlashdi.


Avvalroq Qozog‘iston uch oyga sabzi eksportini taqiqlashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, taqiq mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.