Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
10−11-yanvar — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Аgrobank;
- Asakabank;
- Apexbank;
- Asia Alliance Bank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Hamkorbank;
- Ipoteka-bank;
- Kapitalbank;
- Saderat bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Turon bank;
- Universalbank;
- Orient Finans bank;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Markaziy bank oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qila boshlagandi.
