Google YouTube’dagi qidiruv filtrlarini yangiladi. Bu haqda texnik yordam sahifasida ma’lum qilindi.
Buning natijasida qisqa (Shorts) yoki uzun videolarni alohida-alohida qidirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ilgari ular qidiruv natijalarida birgalikda ko‘rsatilar edi. Bu esa foydalanuvchiga ma’lum formatdagi video kerak bo‘lganda muayyan noqulayliklarni keltirib chiqarardi.
Shuningdek, qidiruv natijalarini saralash tartibi o‘zgartirildi. Endi natijalar faqat dolzarbligi va mashhurligiga ko‘ra tartiblanadi.
Bunda foydalanuvchilar shikoyatlari sabab yuklangan sana va reyting bo‘yicha saralash olib tashlandi. Biroq yuklash sanasini alohida filtr orqali tanlash imkoniyati saqlanib qolgan.
Boshqa yangilanishlar kengaytirilgan qidiruvdagi ikkita funksiyaning nomini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. “Saralash” menyusi “Ustuvorlik” deb nomlandi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu “foydalanish qulayligini maksimal darajada oshirish uchun” qilingan. “Ko‘rishlar soni” varianti esa “Mashhurlik” deb o‘zgartirildi.
Xabar qilinishicha, yangi filtr bilan tizimlar videoning ko‘rilish sonini va boshqa dolzarblik belgilarini, masalan, ko‘rish vaqtini, ma’lum bir so‘rov bo‘yicha uning mashhurligini aniqlash uchun baholaydi.
Avvalroq Spot YouTube asosiy tasmadagi tartibsizlikni tuzatadigan funksiya ustida ishlayotgani haqida yozgandi.
Funksiya algoritmlar noto‘g‘ri, qiziqishlarga mos kelmaydigan videolarni tavsiya qilgan holatlarni tuzatishga qaratilgan.
