Yil yakuni: O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida nimalar yuz berdi va 2026-yilda nimalar kutilmoqda?

Spot CMWP Uzbekistan rahbari Denis Sokolov bilan birgalikda 2025-yilda ko‘chmas mulk bozorida nimalar o‘zgargani, turar joy, ofis va omborxona narxlari qanday shakllangani hamda 2026-yilda narxlar qanday bo‘lishini ko‘rib chiqadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Oltin, aksiya va omonatlar: 2025-yilda qaysi aktivlar foydaliroq bo‘ldi?

Spot Kap Depo investitsiya bankiri Shodibek Kenjayev bilan birgalikda yil davomida oltin, aksiyalar, obligatsiyalar, shuningdek, so‘m va dollardagi omonatlar qanday natija ko‘rsatganini hamda qaysi moliyaviy instrumentlar eng samarali bo‘lganini tahlil qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2025-yilda qanchaga oshdi?

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston qimmatbaho metallarning sof xaridoriga aylandi — oltin zaxirasi 9 tonnadan ko‘proqqa oshdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


2025-yilda O‘zbekistonda qanday yirik bitimlar tuzildi?

Spot o‘tgan yilda mamlakatda bank, fintech, IT hamda sanoat sohalarida amalga oshirilgan bir qator kelishuvlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda kichik hajmli avtomobillarni olib kirish uchun bojlar oshdi.
    2026-yildan kichik litrajli avtomobillar uchun 15% lik boj stavkasi hamda har kub santimetr uchun $0,4 qo‘shimcha to‘lov joriy etildi.
  2. O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $11,3 mlrdga oshib, $75,4 mlrdga yetdi.
    2025-yilning 9 oyi davomida mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 1,7 barobarga o‘sib, $2,9 mlrdga yetdi.
  3. O‘zbekiston yana 2 ta qo‘shni davlat bilan ID-karta orqali sayohat qilish imkonini yaratadi.
    2028-yilgacha Markaziy Osiyodagi kamida 3 ta davlat bilan ID-kartalar orqali fuqarolarning chegaralardan erkin o‘tishi mumkin bo‘lgan kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
  4. 1-fevraldan gaz va elektr subsidiyasiga onlayn murojaat qilish mumkin bo‘ladi.
    Agar oilaning ikkita avtomobili, ikkita uy-joyi yoki tomorqasi bo‘lsa, to‘lov rad etiladi.
  5. Nestlé xavfli toksin tufayli O‘zbekistonda ayrim bolalar ozuqasini ixtiyoriy qaytarib olmoqda.
    Bu tashqi yetkazib beruvchidan olingan xom ashyoda sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavf sabab ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilmoqda.
  6. Markaziy bank Humans ishini Toshkent shahar IIBBga topshirdi.
    Huquq-tartibot idoralari Humans ilovasi orqali bank kartalaridan pul yechib olish bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.
  7. Avtomobillar uchun ekostikerlarni onlayn olish imkoni yaratildi.
    Arizalarni Yagona portal orqali topshirish mumkin, stikerni qabul qilib olishda 20 600 so‘m pochta to‘lovi mavjud.
  8. Yangi Buxoro aeroporti 2027-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi.
    Loyiha uchun 377,7 gektar yer ajratilib, hozirda aerovokzal majmuasi hamda shahardan aeroportga olib boruvchi 29,6 km avtomobil yo‘li qurilmoqda.
  9. Yagona imtihon markazida “prava” olish uchun imtihon narxi 50%ga oshdi.
    Endi nazariy va amaliy imtihonlarning har biri uchun to‘lov 1,5 mln so‘m — jami 3 mln so‘m bo‘ldi.
  10. 8-yanvardan metan “zapravka"lar faoliyati yana cheklanadi.
    Ertadan boshlab metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlaydi. Energetika vazirligi buni magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan izohladi.
  11. Metan, limon va haydovchilik kurslari: O‘zbekistonda 2025-yil davomida nimalar qimmatlashdi?
    Iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning yirik qismida yillik narx o‘sishi 10% dan past bo‘ldi.
  12. Humansga firibgarlik bo‘yicha 825 ta murojaat kelib tushdi.
    Kompaniya operatsiyalar ilovadan tashqarida — Paylov tizimida sodir bo‘lganini bildirdi, Markaziy bank esa tekshiruv materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yubordi.
  13. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $66,3 mlrd bilan yangi rekord o‘rnatdi.
    Dekabr oyida zaxiralar $5 mlrddan ortiqqa oshgan bo‘lib, o‘sish asosan oltin narxining keskin ko‘tarilishi hisobiga ta’minlandi.
  14. O‘zbekistonda 2025-yilda 438 ming fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqladi.
    Ushbu xizmatdan asosan erkaklar hamda 26−35 yoshdagi fuqarolar faol foydalanmoqda.
  15. Paylov firibgarlik uning infratuzilmasida sodir etilgani haqidagi Humans ayblovlarini rad etdi.
    To‘lov xizmatiga ko‘ra, potensial firibgarlik operatsiyalari faqat Humans infratuzilmasiga ulangan bank kartalari orqali amalga oshirilgan.