Markaziy Yevroosiyo venchur forumida (CEVF 2026) ishtirok etish uchun startaplardan arizalar qabul qilish boshlanmoqda. Bu haqda IT Park qoshidagi Startup Base platformasi xabar bermoqda.
Forum 3-aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning MOST Ventures fondi ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Tadbir mavzusi “smart-kapital” — tartibga solish doirasida va raqobat sharoitida biznes muammolarini hal qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘ladi.
Forumda maxsus promo-zona — “Startaplar xiyoboni” (Startup Alley) ajratiladi. Bu yerda jamoalar o‘z mahsulotlarini taqdim etishlari, materiallarni tarqatishlari va potensial investorlar va hamkorlar, venchur fondlari va korporatsiyalar bilan muzokaralar olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirda minimal hayotiy mahsulot (MVP) va sezilarli rivojlanish (traction) ga ega startaplar ishtirok etishi mumkin.
Startup Alley xalqaro bozorlarda kengayishni rejalashtirayotgan loyihalar va sinov imkoniyatlarini izlash uchun mo‘ljallangan.
Ishtirokchilar konferensiyalar, netvorking sessiyalari va CEVF yopiq tadbirlarida ishtirok etish uchun uchta Silver chiptasiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, forumdan so‘ng ularning taqdimotlari (pitch deck) investorlar, korporativ hamkorlar va boshqa ishtirokchilarga yuboriladi.
Startup Alley’da ishtirok etish uchun CEVF veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Joylar soni cheklangan.
Avvalroq Bito startapi Qozog‘iston fondidan $10 mln investitsiya jalb qilishi haqida xabar berilgandi.
Qozog‘istonning venchur fondi Startup Garage studiyasidan kompaniyadagi ulushning bir qismini sotib olmoqda.
