Telegram messenjeri 2025-yilda platforma siyosatini buzgan kanallar va guruhlarni 2024-yilga nisbatan qariyb 2,7 barobar ko‘proq bloklagan.
Messenjer veb-saytidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jami 44,085 mln kanal va guruh bloklangan.
Eng ko‘p bloklashlar to‘rtinchi chorakka to‘g‘ri kelgan — 17,416 mlndan ortiq, bu 2024-yil davomida o‘chirilgan barcha hamjamiyatlarning umumiy sonidan oshib ketgan.
Bloklashlar bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini o‘z ichiga olgan 950 mingdan ortiq kanal va guruhlarga (+28,02 foiz), shuningdek, terroristik yo‘nalishdagi 234 mingga yaqin jamoalarga (+66,6 foiz) ta’sir ko‘rsatdi.
2026-yil 1-yanvarda 543 mingga yaqin hamjamiyat o‘chirildi. Bu kuzatuvlar boshlanganidan beri (2023-yil 1-dekabrdan) bir kunda 500 mingdan ortiq kanal va guruhlar bloklangan uchinchi holat bo‘ldi. Avvalgi ikkita eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yil noyabrida qayd etilgan edi.
Avgust oyida Pavel Durov Telegram shantaj va tovlamachilik uchun kanallarni bloklashni boshladi haqida xabar bergandi.
2025-yil iyul oyida Durov kolleksion sovg‘alar, raqamlar va niklarni shantaj yo‘li bilan qo‘lga kiritishga urinayotgan firibgarlar haqida ogohlantirdi va tovlamachilar haqida moderatorlarga yoki shaxsan o‘ziga xabar berishni so‘ragandi.
Durovning qayd etishicha, uning 20 kun oldingi xabaridan so‘ng, foydalanuvchilar firibgarlik va tahdid haqida yuzlab xabarlar yuborishgan.
“Ushbu xabarlarga asoslanib, bu hafta biz shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish va tovlamachilik bilan shug‘ullangan ko‘plab kanallarni bloklayapmiz”, — deb yozgan u.
Ushbu sababga ko‘ra taqiq qo‘yilishi kanal administratorlari tuhmatli postlarni e’lon qilib, so‘ngra jabrlanuvchilardan pul evaziga ularni o‘chirib tashlaganlari haqida rad etib bo‘lmaydigan dalillarga ega ekanligini anglatadi.
Ba’zilar hatto “himoya bloklari” deb nomlangan — hujumlardan qutulish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summani ham taklif qilishgan, — deya ta’kidladi Durov.
Durov Telegram shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish yoki tahdid qilish uchun joy emas deya ta’kidlab, bunday kanallarni boshqarayotganlarga yangi klonlar yaratishga vaqtingizni sarf qilmasliklarini, baribir ular topilishini aytdi.
Avvalroq Telegramda Passkey yordamida avtorizatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Passkey’ning eng katta qulayligi — telefon raqami yoki SMS-kod kiritmasdan hisobga kirish bo‘lib, u Google/Apple ID orqali avtorizatsiyadan farq qiladi.
