Airbus kompaniyasi Xitoy ishlab chiqaruvchisi UBTech Robotics bilan inson ko‘rinishidagi robotlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kelajakda ushbu robotlardan aviatsiya texnikasi ishlab chiqarishda foydalanish rejalashtirilgan.
Nashrning xabar berishicha, kompaniya 176 santimetr balandlikdagi Walker S2 robotlarini xarid qilgan. Ushbu texnika ko‘p funksiyali manipulyatorlar va mashina ko‘rish tizimi bilan jihozlangan.
Bu tizimlar yordamida robot inson kabi harakatlanishi va atrofidagi muhitni idrok etishi mumkin. Bundan tashqari, maqolada ta’kidlanishicha, robotlar 15 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday kelishuv Xitoyning odamgasimon robotlarni loyihalash va ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish sohasida yetakchi o‘rinni egallashga intilishidan dalolat beradi.
Airbus 13-yanvar kuni 2025-yilda kompaniyaning tijorat samolyotlari yetkazib berish hajmi 3,5% ga oshganini ma’lum qildi. O‘tgan yili kompaniya butun dunyo bo‘ylab 91 ta mijozga 793 ta samolyot yetkazib berdi.
Kompaniyaning 2025-yildagi umumiy buyurtmalar soni 1000 taga yetdi, bekor qilinganlarini hisobga olgan holda sof buyurtmalar soni esa 889 ta samolyotni tashkil etdi.
Avvalroq Hyundai avtomobil zavodlari uchun yangi odamsimon robotni taqdim etgani haqida xabar berilgandi.
Atlas nomli robot inson o‘lchamidagi to‘liq aylanuvchi bo‘g‘inlari orqali 50 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi.
