OpenAI asoschisi Sem Altman ultratovushga asoslangan neyrointerfeyslarni ishlab chiqadigan yangi startap — Merge Labs’ni ishga tushirdi.
Qayd etilishicha, Merge Labs ChatGPT chat-botini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson miyasiga ulashga harakat qiladi, deya xabar bermoqda hi-tech.mail nashri
Merge Labs texnologiyalarining Neuralink’dan asosiy farqi (Ilon Maskka tegishli) — invaziv jarrohlikning yo‘qligi.
Neuralink mikrochiplarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektrodlarga joylashtiradi, Merge Labs esa neyron signallarini kuchaytiradigan ultratovush va maxsus molekulalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bunday texnologiya bosh suyagini ochmasdan miya faoliyatini o‘qish imkonini beradi — maxsus sensor boshga shunchaki plastir kabi yopishtiriladi.
Neyron signallarini ultratovush orqali o‘qish texnologiyasi Forest Neurotech notijorat laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Ushbu laboratoriya bosh miya jarohati olgan bemorlarda sinovlar o‘tkazib, bu usulning barqarorligi va xavfsizligini tasdiqlagan.
OpenAI’ning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya “sun'iy intellekt bilan o‘zaro aloqaning tabiiy usulini” yaratadi.
U yerda tushuntirilishicha, ChatGPT’ga ulangan bemorlar dunyoning barcha bilimlarini ololmaydi, faqat fikr kuchi bilan chat-botga murojaat qila oladi. Merge Labs OpenAI mahsulotlari uchun o‘ziga xos boshqaruv pulti bo‘ladi.
Merge Labs ishlab chiqarish jarayoni “yillar emas, balki o‘n yillar” davom etishi mumkinligini e’tirof etmoqda. Shu bilan birga, moliyaviy mutaxassislar faqatgina AQSHning o‘zida neyrointerfeyslar bozorini $400 mlrdga baholamoqda.
Avvalroq Spot Google SI yaratgan javoblarning bir qismini o‘chirib qo‘ygani haqida yozgandi. Ushbu chora tibbiy ma’lumotlar bilan bog‘liq xavfli xatolarni aniqlashga qaratilgan.
