Milliy ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi va uning atrof-muhitga ta‘siri bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini e‘lon qildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

  • hududni rejalashtirish va qurilish yechimlari;
  • atmosfera havosi, suv va tuproqqa bo‘ladigan ta‘sir;
  • chiqindilarni boshqarish;
  • yashil hududlar va suv ob‘ektlarini muhofaza qilish;
  • ekologik xavfsizlik choralari va monitoring masalalari.

Jamoatchilik eshituvlari 23-yanvar kuni Bo‘stonliq tumani hokimligi binosida (Yandeks xarita, Google Maps) bo‘lib o‘tadi. Tadbir 10:00 da boshlanadi.

Muhokamada ishtirok etish uchun jamoatchilik vakillari, mutaxassislar va boshqa manfaatdor shaxslar taklif etiladi. Tashkiliy masalalar (+998 90) 348−11−55 (Mars Xegay), blogerlar va OAV so‘rovlari (+998 90) 799−99−97 (Oraz Abdurazzoqov) telefon raqamlari orqali qabul qilinadi.

Avvalroq sanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlangani haqida xabar berilgandi.