O‘zbekistonga 2025-yilda 11,7 mln nafar turist kelgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatkich 2024-yil bilan solishtirilganda 3,7 mln nafarga yoki 46,8% ga oshgan.

Eng ko‘p turist Qirg‘izistondan (3,3 mln nafar) kelgan. Shuningdek, Tojikiston va Qozog‘istondan 2,7 mln nafar sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Rossiyadan 984,4 ming kishi turistik maqsadda kelgan bo‘lsa, yana 476,7 ming nafari Afg‘onistondan keldi.

Bundan tashqari:

  • Turkmaniston — 370 ming nafar;
  • Xitoy — 278,9 ming nafar;
  • Turkiya — 174,9 ming nafar;
  • Hindiston — 80,8 ming nafar;
  • Koreya Respublikasi — 46,3 ming nafar.

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha dunyo miqyosida eng yuqori o‘sish qayd etilgan top-20 davlat qatoridan joy olgandi.

Spot, avvalroq, Samarqandda 6,6 kmlik yagona sayyohlik yo‘nalishi ochilishi haqida yozgandi.