Xitoy qishloq xo‘jaligida birinchi to‘liq ochiq agro-sun'iy intellekt tarmog‘i — Sinongni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda EastFruit.

Bu sun’iy intellekt asosidagi maxsus “agro-miya” bo‘lib, u umumiy tilni emas, balki fermerlar, agroiqtisodchilar, selektsionerlar va agroinjenerlar terminologiyasini ham tushunadi.

Sinong tizimli soha bilimlariga tayangan javoblar beradi va AgTech-yechimlarining yangi to‘lqini uchun poydevor yaratadi.

Qayd etilishicha, model 9000 ga yaqin kitob, 240 mingdan ortiq ilmiy maqolalar, 20 mingga yaqin siyosiy hujjatlar va standartlar, shuningdek, internetdan olingan keng qamrovli bilimlarni o‘z ichiga oladi.

Sinong to‘liq ochiq tarzda ModelScope va GitHub platformalarida joylashtirilgan. Bu qishloq xo‘jaligida sun’iy intellektni joriy etish uchun to‘siqlarni kamaytiradi.

Bu butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar hamda ilmiy markazlarga modelni o‘z bozorlari va ekinlariga moslashtirish imkonini beradi.

Model zamonaviy qishloq xo‘jaligining asosiy sohalarini — bog‘dorchilik, ekin yetishtirish va seleksiya, o‘simliklarni himoya qilish, chorvachilik va veterinariyani qamrab oladi.

Shuningdek, u agrar iqtisodiyot va menejment, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, “aqlli” qishloq xo‘jaligi hamda raqamli texnologiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Shu sababli, Sinong abstrakt javoblar bermay, soha bo‘yicha tizimli va amaliy bilimlarga tayangan holda ishlaydi.

Ushbu ish qishloq xo‘jaligining raqamli transformatsiyasi yangi bosqichga o‘tganini ko‘rsatadi: kompaniyalar raqobatbardosh bo‘lish uchun AI’ni ishlab chiqarish, tahlil va boshqaruvda samarali qo‘llashi zarur.