OpenAI 2026-yilning ikkinchi yarmida o‘zining birinchi gadjetini taqdim etishi mumkin. Bu haqda Axios, OpenAI’ning global masalalar bo‘yicha bosh direktori Kris Leheyn bayonotiga tayanib xabar berdi.

Loyiha “reja bo‘yicha” rivojlanmoqda, ammo kompaniya hozircha kelajakdagi mahsulotning aniq tafsilotlarini oshkor qilmayapti.

OpenAI qurilmasiga qiziqish, o‘tgan yil may oyida Apple’ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv tomonidan asos solingan io kompaniyasi sotib olinganidan keyin paydo bo‘lgan.

Shu paytda OpenAI bosh direktori Sem Altmanning aytishicha, ular asosiy yangilik bo‘lgan SI-gadjet yaratishni rejalashtirmoqda, ammo muddatlarni yoki formatni ochiqlamagan.

Io kompaniyasi ham oldinroq 2026-yilda hamkorlik natijasini taqdim etish rejalari borligini bildirgan.

Altman kelajakdagi gadjetning “smartfondan kamroq bezovta qiluvchi” bo‘lishini va foydalanuvchilarni soddaligi bilan hayratga solishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Leheyn gadjet belgi, quloqchin yoki umuman boshqa formatda bo‘lishi haqida ma’lumot bermadi, faqat qo‘shimcha tafsilotlar yil oxiriga yaqin paydo bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Joni Ayvning Sem Altman bilan birinchi SI-gadjet yaratish bo‘yicha muzokaralari haqida birinchi marta 2023-yilda ma’lum bo‘lgan edi.

Avvalroq ChatGPT to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson miyasiga ulanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Sem Altman tomonidan ishlab chiqilgan Merge Labs startapi chat-botini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson miyasiga ulashga harakat qiladi.