21-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Oltinning bir grammi 1 894 820 so‘mni tashkil qilmoqda. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma esa 9 mln 474 ming so‘mga baholanmoqda.
Quymalarning sotuv va qayta sotish narxlari batafsil quyida keltirilgan:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish narxi | |
| qadog‘i but holatda | qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda (texnik ekspertizadan so‘ng) | ||
| 5 gramm | 9 474 000 so‘m | 9 106 000 so‘m | 9 014 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 948 000 so‘m | 18 212 000 so‘m | 18 028 000 so‘m |
| 20 gramm | 37 896 000 so‘m | 36 425 000 so‘m | 36 057 000 so‘m |
| 50 gramm | 94 741 000 so‘m | 91 062 000 so‘m | 90 142 000 so‘m |
| 100 gramm | 189 482 000 so‘m | 182 124 000 so‘m | 180 284 000 so‘m |
Jahon bozorida ham oltin narxi oshishda davom etmoqda. 21-yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun qariyb $4800 dan oshdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4862,39 ni tashkil qildi.

Markaziy bank 2026-yildan boshlab o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Oldin faqat quymalarning sotuv narxi e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatib borish mumkin. Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi.
Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket besh oy davomida yangi rekordlarni o‘rnatgani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari rekord darajadagi $66,31 mlrdga yetdi.
