22-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Oltinning bir grammi 1 943 380 so‘mni tashkil qilmoqda. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma esa 9 mln 717 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv va qayta sotish narxlari batafsil quyida keltirilgan:

Og‘irligi
Sotish narxi
Qaytarib sotib olish narxi
qadog‘i but holatda
qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda (texnik ekspertizadan so‘ng)
5 gramm
9 717 000 so‘m
9 340 000 so‘m
9 245 000 so‘m
10 gramm
19 434 000 so‘m
18 679 000 so‘m
18 490 000 so‘m
20 gramm
38 868 000 so‘m
37 358 000 so‘m
36 981 000 so‘m
50 gramm
97 169 000 so‘m
97 169 000 so‘m
92 452 000 so‘m
100 gramm
194 338 000 so‘m
186 791 000 so‘m
184 904 000 so‘m

Jahon bozorida 22-yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun qariyb $4800 atrofida tebranmoqda.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4800 ni tashkil qildi.

Markaziy bank 2026-yildan boshlab o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Oldin faqat quymalarning sotuv narxi e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatib borish mumkin. Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi.

Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket besh oy davomida yangi rekordlarni o‘rnatgani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari rekord darajadagi $66,31 mlrdga yetdi.