24-yanvar kuni Click o‘z ekotizimiga yangicha qarashni va Click SuperApp’dagi yangiliklarni taqdim etdi. Asosiy yangilik — Click o‘zining AI assistentini ishga tushirdi va u haqida noodatiy usulda aytib berdi — multfilm allaqachon YouTube’da mavjud.
Texnologiyalar oddiy tilda
Bugun texnologiyalar kundalik hayotga shu qadar chuqur singib ketganki, ularni deyarli sezmay qo‘yishgan. Kommunal xizmatlarni to‘lash, avtomobil bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki assistentga savol berish — bularning barchasi bir necha soniya ichida amalga oshadi.
Click bu soddalik ortida nima turganini ko‘rsatishga qaror qildi va buning uchun tushunarli va hissiy format — ya’ni multfilmni tanladi. Uning bosh qahramoni Click’ning yangi raqamli yordamchisi — AI assistent Sleo.
Cleo — Click SuperApp’dagi AI assistent
Multfilmda Cleo mavhum texnologiya yoki “interfeysdagi ovoz” emas, balki to‘laqonli qahramon sifatida namoyon etilgan. U tomoshabin bilan muloqot qiladi, murakkab narsalarni oddiy tilda tushuntiradi va Click’ning barcha servislarini yagona mantiqqa birlashtiradi.
Cleo hozirning o‘zida Click Premium foydalanuvchilari uchun Click SuperApp ichida mavjud. Endilikda har bir foydalanuvchi shaxsiy AI assistentga ega bo‘lishi mumkin, va u quyidagilarni amalga oshira oladi:
- servislar va kommunal xizmatlar to‘lovida yordam berish;
- ilova imkoniyatlari bo‘yicha maslahat berish;
- Click servislarida foydalanuvchini kuzatib borish;
- muloqot qilish va ekotizimdagi yangiliklar haqida ma’lumot berish.
Click ekotizimi — hikoyalar va real hayot orqali
Cleo tomoshabinni Click’ning asosiy servislaridan o‘tkazib, ularning real hayotda qanday ishlashini va turli vazifalarni qanday hal qilishini ko‘rsatadi:
- “Mening uyim” — uy bilan bog‘liq vazifalarni bitta joyda boshqarish uchun servis: xizmatlar to‘lovi, xarajatlarni nazorat qilish va maishiy servislarga buyurtma berish;
- Click Avto — avtomobil egalari uchun muhim ma’lumotlar va xizmatlarni bitta joyda birlashtiruvchi yechimlar;
- Yashil Meros — virtual o‘yin platformasi bo‘lib, uning yordamida butun mamlakat bo‘ylab haqiqiy daraxtlar ekiladi;
- “Mening oilam” — oila a’zolariga bepul pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beruvchi servis;
- “Davlat xizmatlari” — Click ilovasi orqali davlat servislariga qulay kirish.
Animatsion format odatda ilova interfeysi ortida yashirin bo‘lib qoladigan jarayonlarni — turli servislar qanday qilib yagona, inson uchun qulay tizimga birlashishini — yaqqol ko‘rsatishga imkon beradi.
Nega aynan multfilm?
Multfilm taqdimotda erkinlik va vizual obrazlar bilan ishlash imkonini beradi. U murakkab texnologiyalar haqida ortiqcha terminlar va texnik sxemalarsiz, yengil tilda gapirishga yordam beradi. Click uchun bu shunchaki format emas, balki brend falsafasini ta’kidlash usuli: texnologiyalar tushunarli, ishonchli va sezilmas bo‘lishi kerak — inson uchun ishlashi, e’tibor talab qilmasligi lozim.
Multfilmni tomosha qilish va Cleo bilan tanishish YouTube’da mumkin.
Reklama huquqlari asosida.


