Yevropa Ittifoqi Rossiya gazidan, jumladan, quvur orqali yetkazib berish va suyultirilgan gazdan to‘liq voz kechish to‘g‘risidagi reglamentni rasman tasdiqladi, deya xabar berdi RTVI nashri.
Suyultirilgan gaz importiga to‘liq taqiq 2027-yil boshidan, quvurlar uchun esa o‘sha yilning kuzidan kuchga kiradi, deya xabar beradi YI kengashi.
Bayonotda aytilishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat Rossiya energiya tashuvchilarini import qilishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni ma’qulladi.
Qayd etilishicha, bu “Rossiyaga energiya qaramligidan xalos bo‘lish” dasturini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevropaga gaz olib kirishga ruxsat berishdan oldin barcha import qilinadigan gazning kelib chiqishini tekshirishga majbur bo‘ladi.
Yangi qoidalarni buzganlik uchun qattiq jarimalar ko‘zda tutilgan: jismoniy shaxslar uchun kamida 2,5 mln yevro va kompaniyalar uchun kamida 40 mln yevro (kompaniyaning jahon yillik aylanmasining 3,5%i yoki bitim summasining 300%i).
2026-yil 1-martga qadar Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari gaz ta’minotini diversifikatsiya qilish bo‘yicha milliy rejalarni tayyorlashi kerak.
Yevropa kompaniyalari Rossiya bilan ushbu turdagi yoqilg‘i bo‘yicha barcha mavjud shartnomalar haqida rasmiylarni xabardor qilishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.
Finlyandiya va Shvetsiya Yevrokomissiyani Rossiyaga parallel import orqali olib kirilayotgan qimmatbaho buyumlar eksportini taqiqlashga chaqirmoqda.
